Сб, 04.05.2024, 18:32
Toshkent Soliq Kolleji
Assalomu aleykumГость | RSS
Sayt menyusi
Bizning savollar
Ushbu web saytda qanday lavxalar bo'lishini hohlaysiz?
Ovozlar soni: 329
 
 
SOLIQSIZ HECH QAYSI BIR DAVLAT
RIVOJLANA OLMAYDI !
 
KOLLEJ tarixi

Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 14 iyuldagi 298-sonli qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining Soliq kolleji tashkil topdi. Bu o'quv dargohining tashkil etilishi Respublikamiz soliq xizmati rivojida, uni jahon standartlari darajasida ta'lim tarbiya olgan yosh kadrlar bilan ta'minlashda muhim qadam bo'ldi. Yoshlarning iqtisodiy, xuquqiy bilimlarini, zamonaviy kompyuter texnologiyalarini puxta egallashi, soliq haqidagi qonunlar, soliq xizmati organlarining vakolatlarini amalga oshirish uslubiyotini o'zlashtirishi uchun kollejda barcha shart-sharoitlar yaratilgan va yaratilmoqda. Soliq kollejining asosiy vazifasi ta'lim va tarbiya jarayonida O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonunini va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni hayotga tadbiq etish, Vataniga, xalqiga, o'z burchiga sodiq, yuksak axloqli va yuqori malakali soliq xizmati xodimlarini tayyorlashdir. O'quv ta'lim ishlari samaradorligini oshirishda zamonaviy kompyuter texnologiyalardan unumli foydalanishga katta e'tibor berilgan. Kollejda 38 ta o'quv xonalari bo'lib, 4 ta kompyuterlashtirilgan o'quv xonasi, 3 ta lingofon sinfi, 3 ta avtomobil o'quv xonasi, 1ta fizika va 1ta kimyo o'quv xonalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. 26 mingdan ziyod o'quv va badiiy adabiyotlarga ega bo'lgan kutubxona hamda 100 (yuz) kishiga mo'ljallab jixozlangan qiroatxona o'quvchi talabalar ixtiyorida. Kollejda ta'lim tarbiya berish zamonaviy talablar asosida yo'lga qo'yilgan, jumladan: iqtisodiy va maxsus fanlar, umumta'lim fanlar, xuquq, axborotlashtirish va informatika fanlari xarbiy va jismoniy tarbiya kafedralari mavjud bo'lib, ularda 83 ga yaqin o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda. fan nomzodlari vaKollej jamoasi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, Moliya Oliygohi, DSQ qoshidagi Soliq Akademiyasi bilan uzviy hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Kadrlar tayyorlash va tarbiyalashda xorijiy ijobiy tajribani o'rganish va o'zlashtirish maksadida Olmoniyaning Ansbax shahrida joylashgan soliq-moliya maktabi bilan hamkorlikda aloqalari o'rnatilgan. Xorijlik hamkasblar bir necha marotaba kollejga tashrif buyurganlar. O'quvchilar nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlashi soliq inspeksiyalari faoliyatini chuqur o'rganishi va kelajakda ushbu jamoalar faoliyatiga tez kirishib ketishi uchun zamin yaratadi. Amaliyot kollej o'quvchilari tomonidan 3 yil o'qishdan so'ng 1 yil joylardagi tuman, shahar Davlat soliq inspeksiyasida o'taladi. Amaliyot o'tash davrida o'quvchilar o'zlarining nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda amaliyot xujjatlaridan foydalanadilar, tekshirishlar va reydlar o'tkazish bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'ladilar, dastlabki xujjatlarni tuzishni o'rganadilar. Shu zaylda o'quvchilar tuman shahar Davlat soliq inspeksiyasining har bir bo'limini ish faoliyati bilan tanishib chiqadilar. Kollejda o'quvchilarning har tomonlama jismoniy chiniqishi, epchil, chaqqon, irodali bo'lishi, o'z ustida ishlashi, bo'sh vaqtlarini qiziqarli, unumli o'tkazishlari uchun boks, futbol, taekvon-do va yakka kurash, voleybol, qo'l jangi, stol tennisi kabi sport seksiyalari mavjud.
 
 


Yo'nalishlar 

Soliq va soliqqa tortish

Mutaxassisning faoliyat sohalari Soliq va soliqqa tortish ixtisosligi bo`yicha o`rta ma`lumotli mutaxassis soliq inspeksiyalarida nazoratchi (inspektor), uchastka nazoratchisi, moliyachi, yetakchi mutaxassis, surishtiruvchi, iqtisodchi va hisobchi sifatida ishlashuchun tayyorlanadi. Ular o`qish davomida berilgan o`quv materiallarni hisobga olgan holda quyidagi sohalarda va vazifalarda ishlashlari mumkin:

1. Рўuman, shahar davlat soliq inspeksiyalarida: Nazoratchilar (inspektorlar), yetakchi mutaxassislar, iqtisodchilar, hisobchilar, inspektor taftishchilar, moliyachilar.

2. Viloyat davlat Soliq boshqarmalarida: Inspektorlar, iqtisodchilar, moliyachilar, yetakchi mutaxassislar, hisobchilar, inspektor taftishchilar. Ushbu ixtisoslikni bitirgan mutaxassislar soliq nazorati idoralarining barcha asosiy bo`limlarida ishlashlari mumkin.

3. В«Soliq va soliqqa tortishВ»ixtisosi bo`yicha o`rta maxsus ma`lumoti diplomini olgan o`kuvchilar faqat tuman yoki shahar davlat soliq inspeksiyalarida emas, balki viloyat davlat soliq boshqarmalarida xam ishlashlari mumkin.

Bundan tashqari soliq kollejining bitiruvchilari, bank, moliya tizimlari boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda, moliyachi, iqtisodchi buxgalter vazifalarida ishlashlari mumkin. II. Mutaxassisga nisbatan qo`yiladigan talablar. «Soliq va soliqqa tortish» ixtisosligini egallovchi mutaxassislar quyidagi fundamental bilimlarni egallashlari zarur: • solik nazariyasi; • solik va soliqqa tortish, soliq solishning huquqiy asoslari; • byudjet va byudjet tuzilishi; • chet mamlakatlarida soliq va soliq solish sistemasi; • buxgalteriya va audit, tashkilotlar moliyaviy ho`jalik faoliyatini tahlil qilish; • soliq tizimida axborotlarni kompyuterda ishlash va saqlash; • pul, kredit banklar va qimmatli qogozlar. • Soliq inspektorlari sorliqlarni rivojlanish tarixini ularning kelib chiqish sabablarni, uning zarurligini, mustaqil O`zbekiston Respublikasi soliq sistemasini chuqur o`rganishlari lozim. Ular ayniqsa soliqning mohiyati, ob`kti, sub`ekti, soliqlar manbai va ularning miqdorini, soliq tizimi faoliyatini mukammal o`zlashtirib olishlari kerak. III. Mutaxassisning vazifalari • Soliq inspektori zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi: • soliq inspeksiyasining ish rejasi va uni tahlil qilish; • korxonalar daromadiga solinadigan soliqlarni aniq va undirish; • qo`shilgan qiymat uchun soliqni hisoblash; • aksiz soligini aniqlash; • korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash; • mahalliy soliq va yigimlar; • tabiiy resurslardan olinadigan to`lovlarni (yer, kon,suv) • eksport va import bilan boglangan bojxona tolovlvrni hisoblanishini tekshirish; • solik bazasini tekshirish; • soliq stavkalarini to`gri qo`llash soliqni hisoblash; • soliq ob`ektlarini belgilash; • soliq bo`yicha imtiyozlarni qo`llash va soliqdan ozod qilishni rasmiylashtirish; • soliq undirish jarayonini mukammal bilish; • soliq to`lovchilarni aniqlash, soliqqa tortiladigan huquqiy va jismoniyt shaxslarni o`z vaqtida to`liq hisobga olish; • davlat byudjetiga va boshqa fondlarga yo`naltiriladigan soliqlar va to`lovlarni hisoblash, hamda ularning o`z vaqtida to`gri o`tkazilishini nazorat qilish; • soliq to`lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan rejali va maxsus tekshirishlar o`tkazish; • soliq konunchiligini tadbiq qilish, uni amaliyotda to`gri qo`llanilishini ta`minlash; • O`zbekiston Respublikasida soliq siyosatini amalga oshirishda qatnashish; Ushbu mutaxassislikni egallagan xodimlar soliq qonunchiligini puxta bilishlari, solik xizmati ishini takomillashtirishda tashabbus ko`rsatishlari, mustaqil ish yurita olishlari lozim. Soliq inspektori bozor iqtisodiyoti qonunlariga, marketinga, birjalar faoliyatiga, bank ishiga, hamda turli mulkchilikka tayangan holda davlat mulkchilik shaklidan qat`iy ravishda soliq to`lovchilar manfaatini muvofiqlashtirib borishi kerak.





BUXGALTERIYA HISOBI


"Buxgalter hisobi" yo`nalishining qo`llanish sohasi va vazifasi:
Ushbu yo`nalishda bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi milliy standartlari asosida byudjet tashkilotlari buxgalteri vazifasida ishlaydigan o`rta maxsus malakali mutaxassislir tayorlanadi.
O`rta maxsus malakali buxgalterlar O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq Qo`mitasi soliq organlarida, shuningdek kichik korxonalar va mikrofirmalarda faoliyat ko`rsatadi.
Umumta`lim maktablarda o`qitilgan fanlar asosida o`zlashtirilgan bilimlar mazkur kasbini egallash uchun zamin bo`ladi.
Buxgalter quyidagi ko`nikmalarga ega bo`ladi:
Hisobni tashkil etish. Buxgalteriya hisobini va soliqni hozirgi davr qonunchiligiga asoslab yuritish. Hisobot siyosatini xayotga joriy yetish. Hisobda kompyuterni qo`llash. Kasb etikasiga tayanish. Byudjet tashkilotlarida moliyalashtirish va xarajatlar smetasi bilan tanishish.
Pul muoamalalari harakati aks ettirilgan operatsiyalarni boshlang`ich xujatlarda hisobga olish va hisob-kitobini qilish Pul mablag`larining harakatiga doir operatsiyalar bo`yicha hisob ishlarini yuritish. Kassadagi pul mablag`lari va qimmatli qog`ozlar butligini saqlanishini va pul mablag`laridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat, byudjet bilan, bank bilan, xodimlar bilan, boshqa tashkilotlar bilan hisob- kitoblarni to`g`ri yo`lga qo`yilishi, hamda xaridorlar va mol yetrazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Tovar va materiallar zaxirasini joylarda saqlanishi ustidan va ishlatilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish Tovar va materiallar zaxirasini barcha muomalalar harakati bo`ycha, xarajat, ularni tayyorlash va haqiqiy tannarxi bo`yicha, kirim, chiqim, qoldiq, xamda saqlanishi bo`yicha balans moddalarida ko`rsatib borish.
Tovar va moddiy qiymatliklari buxgalteriya hisobining yuritilishi. Ta`rif tizimi asosida xodimlarga mehnat haqini hisoblash va ish haqidan ajratilmalarni to`g`ri yo`lga qo`yish. Buxgalteriya hisobi schyotlarida ijtimoiy sug`urta uchun mehnat haqidan ajratilgan mablag`larni hisobga olish. Bajarilgan ishlar to`g`risidagi kerakli ma`lumotlar bo`yicha hisobotlarni yig`ishni o`rganish O`rnatilgan smeta asosida mehnat haqi mablag`lari xarajatini tartibga solish.





Soliq hujjatlarini elektron qayta ishlash

Yo`nalish: "Soliqlar va soliqqa tortish" Mutaxassisligi: "Soliq hujjatlarini elektron qayta ishlash" Yo`nalishning foydalanish sohalari, maqsad va vazifalari soliq idoralarida EHM va kompyuter tarmoqlarini ishlatish, ularga maxsus servis xizmat ko`rsatish bo`yicha kichik mutaxassis hamda axborot texnologiyalari va tizimlari bo`limlarida ishlash uchun soliq inspektori tayyorlanadi. Mutaxassisdan EHM va kompyuter tarmog`idan foydalanuvchi, mulkchilik shaklidan va faoliyat turidan qat`iy nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar, hisoblash markazlari EHM va kompyuter tarmoqlarini ishlatish bo`yicha kichik mutaxassis sifatida foydalanishi mumkin. Mutaxassis bilishi kerak: вЂ" EHM ishlashini tekshirish; вЂ" operatsion tizimni tayyorlash va yuklash; вЂ" diskli tashuvchilar va yig`uvchilarni tayyorlash va uni ulash; вЂ" bitta yig`uvchidan ikkinchisiga qayta ko`chirish va yozib olish; вЂ" yig`uvchilarning nuqsonlarini tekshirib topish va ularni sozlash; вЂ" yig`uvchilardagi chiqarib yuborilgan fayllarni qaytadan tiklash; вЂ" fayllarning yig`uvchilarda joylashishini optimallashtirish; вЂ" tashqi va qo`shimcha qurilmalarni ulash; вЂ" EHM tizimlari va parametrlarining konfiguratsiyalarini sozlash; вЂ" ma`lumotlarni lokal va global axborotlar tarmoqlari bo`yicha jo`natishni amalga oshirish; вЂ" hujjatlar va dasturlarni yig`ish, arxivlashtirish va saqlashni amalga oshirish; вЂ" virusga qarshi tekshirishlar o`tkazish; вЂ" elektron pochta orqali axborotlarni qabul qilish va yubora olish; вЂ" mehnatning xavfsizlik usullari va yong`inning oldini olish choralarini bilish; вЂ" yangi dasturiy va axborotlar texnologiyasini o`rganish, - soliq tizimida axborotlarni ishlash va tahlil qilishning yagona kompyuter tizimida ishlatiladigan dasturiy mahsullarni ishlatish texnologik jarayonlarini bilish; - soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joylari bo`yicha dasturiy mahsullarni ishlatish texnologiyasini bilish. Mutaxassis uddalay olishi kerak: вЂ" operativ tizim bilan ishlash; вЂ" zamonaviy dasturiy qobiqlar bilan ishlay bilish; вЂ" zamonaviy nashriyot tizimlari, elektron jadvallar, matn muharrirlari va ma`lumotlar bazalari bilan ishlay bilish; вЂ" elektron pochta va Internet tarmog`i bilan ishlash; вЂ" yig`uvchilarni viruslardan tozalay olish; вЂ" arxiv va boshqa dasturlar bilan ishlash (personal va tarmoq); вЂ" istalgan standart va nostandart kompyuterlarni ulash, ishga tushirish; - axborotlarni ishlash va tahlil qilishning yagona kompyuter tizimining global axborot makonini tashkil etishga imkon beruvchi yagona iyerarxik tizim вЂ" D avlat soliq qo`mitasining telekommunikatsiyasi tizimidan foydalana olish.



O'QUVCHILAR TURAR JOYI

  
 
    Kollejning yotoqxonasida o`quvchilarning dam olishlari, mashg`ulotlarga tayyorlanishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Yotoqxonada ikkita ma`naviyat xonasi, В«Abu Ali Ibn SinoВ» xonasi, 2 ta dam olish xonasi, gigiyena xonasi, yuvinish va kir yuvish xonalari mavjud. Har haftada o`rinlarning jildlari almashtiriladi. O`quvchilarning ovqat pishirishlari uchun jihozlangan 2ta oshxona ham mavjud. Bulardan tashqari o`quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yotoqxonaning o`zida kichik kutubxona ham tashkil etilgan bo`lib, bu kutubxona mingga yaqin badiiy-o`quv adabiyotlari bilan ta`minlangan.



K U T U B X O N A

 


   
 
SOLIQ KOLLEJI MANZILI



Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 

Kichik halqa yo`li ko`chasi 3-uy 
Ma'lumot uchun telefonlar: 75-54-82
Avtobuslar: 116, 131, 33, 13.
Mo`ljal: Olimpiya zahiralari kolleji


Kirish formasi
Yangiliklar kalendari
«  Май 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Qidiruv
Sayt do'stlari
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Toshkent Soliq kolleji © 2024